Botir Zokirov nomidagi zamonaviy estrada qoʻshiqchilar tanlovi oʻtkaziladi
Bu haqda Madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari Jamol Nosirov oʻz rasmiy sahifasida maʼlum qildi.
Prezidentimizning 2020-yil 2-dekabrdagi “Oʻzbekiston xalq artisti Botir Zokirov tavalludining 85 yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Botir Zokirov nomidagi zamonaviy estrada qoʻshiqchilar tanlovini yuqori saviyada tashkil etish chora tadbirlari toʻgʻrisida Farrux Zokirov bilan fikr almashdik, deya xabar bermoqda J. Nosirov.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring