Boʻstonliqdagi oʻrmon xoʻjaligi yerlarida yongʻin sodir boʻldi
Foto: Videodan kadr
29-avgustga oʻtar kechasi Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanidagi oʻrmon yer maydonlarida yongʻin sodir boʻldi. Bu haqda viloyat FVB axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum boʻlishicha, yongʻin Boʻstonliq tumani Maʼrifat MFY, Burchmullo oʻrmon xoʻjaligiga qarashli hududda yuzaga kelgan. Favqulodda vaziyatlar vazirligi hodisa haqida soat 00:35 da xabar kelib tushganini maʼlum qildi.
Chaqiruvga koʻra, yongʻin joyiga 3 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji, 30 nafar qutqaruvchi hamda Burchmullo oʻrmon xoʻjaligidan 20 nafar xodim jalb qilingan.
Qayd etilishicha, 1,5 gektar maydonda yuzaga kelgan hodisa oqibatida quruq oʻt va shox-shabba yongan. Yongʻin soat 01:50 da toʻliq bartaraf etilgan.
“Hodisa oqibatida jarohat olgan va halok boʻlganlar yoʻq”, deyiladi xabarda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring