Boʻstonliqda mushuklarni qiynab, otib oʻldirganlar qamaldi

19:29 26 Mart 2026 Jamiyat
383 0

Videodan kadr

Toshkent viloyati Boʻstonliqda mushuk bolalariga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlgan shaxslarga hukm chiqarildi. Bu haqda viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Viloyat IIBB matbuot kotibi Bobur Toʻlaganovning maʼlum qilishicha, sud qarori bilan, 33 yoshli (M.Sh.)ga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 111-moddasi (Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlish) bilan, 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.

Shuningdek, 30 yoshli (A.A.) esa Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 220(1)-moddasi (Qurolning qonunga xilof muomalasi) bilan 10 sutka maʼmuriy qamoq jazosiga hukm qilingan.

IIBB hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabat uchun qonunchilikda javobgarlik muqarrarligi hamda maʼmuriy jazo qoʻllanilgandan soʻng bu kabi harakatlar takroran sodir etilsa, jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini eslatib oʻtgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер