Boʻstonliqda kuchli yomgʻir va sel kuzatildi
ҳокимлик ахборот хизмати
Joriy yilning 12-may kuni gidrometeorologiya xizmati markazining bergan maʼlumotiga koʻra, 13-14-may kunlari viloyat hududida yomgʻir yogʻib mamaqaldiroq boʻlishi, shamol kuchayishi va sel kelishi xavfi mavjud.
13-may kuni soat 17:15dan 21:30 ga qadar Boʻstonliq tumani togʻ oldi hududlarida kuchli yomgʻir va sel kelishi kuzatildi.
Natijada tumandagi “Qoramozor” MFY hududidagi ichki yoʻlida sel kelishi, “Parkent kanali” PK-54 qismiga suv toʻplanib toshishi, “Dumaloq”, “Tovoqsoy”, “Xondaylik”, “Iskandar”, “Qoʻshqoʻrgʻon” MFY ichki koʻchalari va bir nechta aholi xonadonlariga yogʻingarchilik suvlari toʻplanishi kuzatildi.
Sel kelishi oʻz vaqtida bartaraf etildi. Aholi xavfsizligini taʼminlash va himoya tadbirlari maqsadida jami 189 nafar ishchi xodim, 26 ta muhandislik texnikalari jalb etildi. Viloyat FVB tomonidan 14 ta maxsus texnika va 44 ta qutqaruvchi jalb etildi.
Sel kelishi oqibatida aholi orasida tan jarohati olganlar toʻgʻrisida xabar kelib tushmadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring