Bosqinchi sovet davlati bayrogʻini poytaxtning qoq markazida baland koʻtarilishini oʻzbek xalqiga nisbatan haqorat deb hisoblaymiz — Alisher Qodirov
Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi kuni kecha Toshkent Istiqlol saroyi oldida tashkil etilgan begʻaraz konsert dasturida yoʻl qoʻyilgan gʻarazli provokatsiyani keskin qoralaydi, deb yozmoqda deputat Alisher Qodirov.
«Biz sanʼatga qarshi emasmiz, sanʼatni siyosatga qurol qilinishiga qarshimiz.
Taraqqiyparvar oʻzbek ziyolilari va oqkoʻngil ajdodlarimizning qoniga boʻyalgan bosqinchi sovet davlati bayrogʻini mamlakatimiz poytaxtining qoq markazida baland koʻtarilishini oʻzbek xalqiga nisbatan haqorat deb hisoblaymiz.
Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi kuni kecha Toshkent Istiqlol saroyi oldida tashkil etilgan begʻaraz konsert dasturida yoʻl qoʻyilgan gʻarazli provokatsiyani keskin qoralaydi.
Bosh Prokuraturadan bu provokatsiyaga tegishli baho berilishini kutib qolamiz», deydi deputat.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring