Bosh vazirimiz xalqaro huquqni himoya qilishni emas, Trampni rozi qilishni afzal koʻradi — Jeremi Korbin
Britaniyalik siyosatchi Jeremi Korbin Yaqin Sharqdagi keskinlikka Britaniyaning qoʻshilishi tarixiy xato boʻlishini taʼkidladi. U bu haqida oʻzining “X” dagi sahifasida post qoldirgan.
Korbinning taʼkidlashicha, Britaniya bazalaridan noqonuniy urushda foydalanishga ruxsat berish halokatli va tarixiy xato hisoblanadi.
“Britaniya yana bir urushga tortildi, chunki bosh vazirimiz xalqaro huquqni himoya qilishdan koʻra Donald Trampni rozi qilishni afzal koʻradi”, — deb yozgan siyosatchi.
Shuningdek, u urush oʻyin emasligi, bu sharmandali qaror Britaniyaning kelajagini halokat yoqasiga olib kelishi va barcha fuqarolarning xavfsizligini soʻroq ostida qoldirishini qoʻshimcha qilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring