Bosh vazirga oʻn kun muddatda rejani bajarmagan hududlar boʻyicha xulosa qilib, taklif kiritish topshirildi

18:27 15 Dekabr 2022 Siyosat
998 0

Foto: president.uz

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida tadbirkorlik va sanoatni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Umuman, Investitsiya va tashqi savdo vazirligi investitsiya loyihalari va mahalliy sanoatda jami 320 mingta doimiy ish oʻrni yaratishga masʼul boʻlishi taʼkidlandi.

Prezidentimiz toʻrtinchi yoʻnalish – Yangi Oʻzbekiston massivlari, ipoteka dasturi doirasida va xususiy sektor bilan kelasi yili 90 mingta xonadonli uy-joylar qurish shartligini qayd etdi.

Bugungi kunga qadar ipoteka dasturlari doirasida qurilishi kerak boʻlgan xonadonlarning atigi 20 mingtasi yoki 40 foizi yakuniga yetgan. Bundan tashqari, Qashqadaryo, Namangan va Toshkent viloyatlarida jami 1 ming xonadonli uy-joylarni qurish ishlari boshlanmagan.

Bosh vazirga oʻn kun muddatda rejani bajarmagan hududlar boʻyicha xulosa qilib, taklif kiritish topshirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер