Bosh vazir o‘rinbosari Xalqaro mehnat tashkilotining Bosh direktori bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari T. Narbayeva boshchiligidagi delegatsiya Jenevadagi 107-mehnat konferensiyasi ishida ishtirok etayotgani haqida xabar bergan edik.
Bugun O‘zbekiston delegatsiyasini Xalqaro mehnat tashkilotining Bosh direktori Gay Rayder qabulida bo‘ldi. Bosh direktor O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlarga yuqori baho berib, Prezidentimizning olib borayotgan siyosatlaridan juda katta taassurot olganligini aytdi. Shu o‘rinda Xalqaro mehnat tashkiloti O‘zbekiston bilan yanada hamkorlikni kuchaytirib, uning yunalishlarini kengaytirishni maqsad qilganini aytib o‘tdi. Shuningdek, shu yilning dekabr oyida O‘zbekistonga tashrif buyurib, hamkor tashkilotlar vakillari bilan uchrashishni bildirdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring