Bosh vazir oʻrinbosari gaz qazib olish va geologiya-qidiruv ishlari holatini oʻrgandi
Bosh vazir oʻrinbosari J.Qoʻchqorov boshchiligidagi Ishchi guruh «Oʻzbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyati tizimida gaz qazib olish va geologiya-qidiruv ishlari holatini oʻrganib chiqdi. Ishchi guruh tarkibida Davlat geologiya qoʻmitasi raisi B. Islamov, rais oʻrinbosari N.Muxutdinov va geologiya qoʻmitasi geologiya va neft va gaz boshqarma boshligʻi O.Qarshiyev Buxoro, Qashqadaryo viloyatlari va Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida joylashgan uglevodorod konlarida gazni qazib olish va zaxirasini kengaytirish maqsadida geologiya-qidiruv ishlari amalga oshirilayotgan obyektlarda oʻrganishlar olib bordi.
Davlat geologiya qoʻmitasi va «Oʻzbekneftgaz» AJ bilan hamkorlikda bajariladigan geologiya-qidiruv ishlari boʻyicha takliflar tayyorlandi. Ayni damda geologiya qoʻmitasi va «Oʻzbekneftgaz» AJ mutaxassislari oʻrtasida muzokaralar davom etmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring