Namangan viloyati prokurori Bosh prokuror oʻrinbosari etib tayinlandi

09:57 09 Oktyabr 2020 Jamiyat
1897 0

Namangan viloyati prokurori Akmalxoʻja Mavlonov davlat rahbarining tegishli farmoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori oʻrinbosari etib tayinlandi.

A.Mavlonov 1975-yilda tugʻilgan, maʼlumoti oliy, huquqshunos. 2002-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 2002-yilda Davlatobod tuman prokuraturasida boshlab, Namangan viloyati prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda, 2006-yildan Bosh prokuratura boshqarma prokurori, katta prokurori, Margʻilon shahar prokurori, Sirdaryo viloyati prokurorining birinchi oʻrinbosari, Xorazm viloyati prokurori lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2018-yil fevral oyida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻi lavozimida ishlagan. Oʻsha yili avgust oyida Bosh prokuror oʻrinbosari etib tayinlangan.

Akmalxoʻja Mavlonov 2019-yil iyulidan beri Namangan viloyati prokurori lavozimida ishlab kelayotgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер