Bosh prokuror terimchilarga 100ga yaqin qimmatbaho sovgʻalar tarqatdi

19:22 13 Oktyabr 2020 Jamiyat
952 0

Davlat rahbarining tashabbuslari asosida joriy etilgan bunday amaliyot qisqa muddatda oʻzini toʻla oqladi va uning uzluksizligini taʼminlash, aholi bilan muloqotning samaradorligini oshirish zamon talabi ekanligi yana bir karra oʻz isbotini topdi.

Shu bois, prokuratura organlarining ham barcha boʻgʻinlarida fuqarolar bilan muloqot ish faoliyatining ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylandi.

Joylardagi dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etish, xususan ijtimoiy soha obyektlari, tadbirkorlik subyektlari va boshqa tuzilmalardagi muammolarning yechimini oʻz vaqtida topish, pandemiya sharoitida tegishli sektorlardagi ehtiyojmand oilalarni qoʻllab-quvvatlash ishlarini yana-da kuchaytirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori N.Yoʻldoshevning navbatdagi tashrifi Xorazm viloyatiga amalga oshirildi.

Dastlab Bosh prokuror mutasaddilar hamrohligida Urganch tumanidagi 2-sektor hududida faoliyat koʻrsatayotgan “Qoromon Barakati” fermer xoʻjaligi dalasida boʻldi.

Paxta terimida ishtirok etayotgan aholi vakillariga yaratilgan sharoitlar, ularni moddiy ragʻbatlantirish masalalari muloqot markazida boʻldi. Terimchilar va fermer xoʻjaliklari duch kelishi mumkin boʻlgan muammolarning oldini olish boʻyicha tegishli sektor rahbari va boshqa mutasaddilarga zarur yoʻl-yoʻriqlar, qatʼiy koʻrsatmalar berildi.

Shuningdek, Bosh prokuror tomonidan ilgʻor terimchilarga televizor, gilam, elektropech kabi 100 ga yaqin qimmatbaho sovgʻalar tarqatildi.

Tashrifning navbatdagi manzili Xiva shahrida joylashgan “Bolalar shaharchasi” boʻldi. Bosh prokuror mazkur maskan tarbiyachi va tarbiyalanuvchilari bilan muloqot asnosida bu yerdagi sharoitlarni yana-da yaxshilash, ularga har tomonlama koʻmak koʻrsatish boʻyicha sektor rahbarlariga koʻrsatmalar berdi hamda tarbiyalanuvchilarga oʻquv qurollari, qishki kiyim-kechaklar va qimmatbaho sovgʻalarni topshirdi.

Urganch shahridagi viloyat nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazidagi bemorlar ahvolidan ham xabar olindi. Bosh prokuror ushbu markazning kuz-qish mavsumiga tayyorligi bilan bevosita tanishib, sektor rahbarlari va boshqa masʼullarga mavjud kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish boʻyicha aniq koʻrsatmalar berdi, tezkor ravishda koʻrsatilishi zarur amaliy yordam koʻlamini aniqladi. Jumladan, mazkur muassasani zamonaviy konditsionerlar bilan taʼminlash boʻyicha aniq choralar belgilab olindi.

Shundan keyin Bosh prokuror Urganch tumanidagi 2-sektor hududida joylashgan “Ulli hovli” xususiy sayyohlik korxonasiga (tarixiy majmuasiga) tashrif buyurdi. Bu yerda sayyohlar va ularga xizmat koʻrsatuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishildi, mahalliy va xorijiy sayyohlarni yana-da faol jalb etish masalalari yuzasidan masʼullar bilan fikr almashildi.

Joriy yilning fevral oyida ishga tushirilgan va hozirda polietilen trubalar ishlab chiqarayotgan Urganch shahridagi “Ipak yoʻli grupp” MCHJning faoliyati bilan yaqindan tanishar ekan, Bosh prokuror bu kabi zamonaviy tadbirkorlik subyektlari faoliyati yoʻlga qoʻyilishida sektorlarning amaliy koʻmagi muhim ekanligini taʼkidladi. Xususan, mazkur korxona ham imtiyozli asoslarda bank kreditlarini olish, kommunikatsiya tarmoqlariga oʻz vaqtida ulanish kabi masalalarda sektorlar bilan faol hamkorlik qilgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Shuningdek, Bosh prokuror ayniqsa, kuz-qish mavsumida faoliyati muhim boʻlgan Urganch tumanidagi “Koʻmirtaʼminot” MCHJga tashrif buyurib, koʻmir ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdi. Tegishli sektorlar rahbarlari va boshqa mutasaddilarga korxonani yana-da rivojlantirish barobarida aholiga yetkaziladigan koʻmirning sifatini nazoratga olish, uning narxi barqarorligiga eʼtibor qaratish boʻyicha zarur tavsiya va koʻrsatmalarni berdi.

Xorazm viloyati hokimligida Bosh prokuror ishtirokida oʻtkazilgan yigʻilishda esa faollarga viloyatning yangi prokurori Botir Qudratxoʻjayev tanishtirildi, hududdagi dolzarb masalalar yechimida prokuratura organlarining  tegishli tuzilmalar bilan hamkorligining istiqbollari belgilab berildi.

Viloyatning yangi tayinlangan prokurori hamrohligida Bosh prokuror Urganch tumanidagi 2-sektor shtabiga ham tashrif buyurdi.

N.Yoʻldoshev sektorda amalga oshirilgan ishlar bilan tanishar ekan, uning faoliyatini tubdan kuchaytirish boʻyicha mutasaddilarga zarur koʻrsatmalar berdi. Ayniqsa, pandemiya sharoitida ehtiyojmand oilalarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, “Temir daftar”,  “Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari”ni yuritish boʻyicha qoʻyilayotgan talablarning mohiyati yuzasidan masʼullarga zarur tushuntirishlar berilib, viloyatdagi barcha prokuror sektorlaridagi ishlarni qisqa muddatda yangi bosqichga olib chiqish boʻyicha viloyat va tuman, shaharlar prokurorlari zimmasiga qator vazifalar yuklatildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер