Bosh prokuratura, IIV va SSP tadbirkorlarga murojaat qildi
Unda qayd etilishicha, koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olish boʻyicha Respublika maxsus komissiyasining yigʻilish bayoniga koʻra, N1, N2 va N3 toifaga kiruvchi avtotransport vositalari hamda qishloq xoʻjaligi texnikalari, shuningdek, mavsumiy qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetkazib beruvchi M1 (bir nafar yoʻlovchi bilan) toifadagi jismoniy shaxslarga tegishli shaxsiy avtotransport vositalari harakatlanishi uchun maxsus ruxsatnoma talab etilmaydi.
"Agar Siz bu toifadagi transport vositalarida yuklarni tashish yoki yoʻl — patrul xizmati statsionar postlaridan oʻtishda turli koʻrinishdagi toʻsqinlik yoki cheklovlarga duch kelsangiz:
Zudlik bilan, “71. 267-65-30”, “71. 267-60-10” va “71. 267-63-58” telefon raqami orqali Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi huzurida tashkil etilgan tezkor shtabga murojaat qiling.
Shu bilan birga, ushbu masalada Ichki ishlar vazirligining “1102”, Bosh prokuraturaning “1007” yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil, Bosh vazirning Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonasi va Savdo-sanoat palatasining “1100” qisqa raqamli “ishonch telefon”lariga ham murojaat qilishingiz mumkin" deyilgan Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi va Savdo-sanoat palatasi murojaatida.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring