Bolajonlarga bayram tuhfalari

12:06 01 Iyun 2020 Jamiyat
825 0

1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Namangan viloyati shahar va tuman prokuraturalari hamda xalq taʼlimi boʻlimlari hamkorligida 110 nafar ijtimoiy-huquqiy yordamga muhtoj boʻlgan voyaga yetmagan yoshlar, viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasining psixofizik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan bolalar uyining 50 dan ziyod tarbiyalanuvchilarining har biriga kiyim –kechak, gigiyenik vositalar hamda shirinliklar tuhfa qilindi. 
Bundan tashqari,  600 dan ortiq uyda yakka tartibda taʼlim olayotgan va profilaktik nazoratga olingan oʻquvchilar xonadoniga ham yoʻqlovlar uyushtirildi. Huquq idorasi xodimlari tomonidan taqdim etilgan cholgʻu asboblari, sport anjomlari, badiiy adabiyotlardan bolajonlarning boshi koʻkka yetdi. Oʻzaro muloqotlar chogʻida prokuratura vakillari yoshlarning qiziqishlari, orzu-umidlari, intilishlari bilan yaqindan tanishdilar.

Qudratilla NAJMIDDINOV,
“Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер