Bolajonlar ham koronavirusga qarshi kurashmoqda
“Xalq so`zi ONLINE”
“Xalq soʻzi ONLINE”. Ahmadali Shernazarov/Sirdaryo. Nabiralarim Xurshida va Nilufar “Mana bobojon, koronavirus yengildi” deb chizgan rasmlarini koʻrsatishdi.
Ha, haqiqatdan ham ular tasvirlaganidek, berilayotgan tavsiyalarga qatʼiy amal qilsak, hamjihat boʻlib birgalikda kurashsak, tez orada butun dunyoga tarqalgan koronavirus degan baloni daf qilamiz, albatta! Eʼtiborlisi, bolalar Oʻzbekistonimizning issiq nurlarida yurtimizga mehr- muhabbati mujassam Quyoshni ham oʻz saflariga qoʻshibdi.
Ha, begʻubor qalbli bolalarimiz ham uydan chiqmayotgan boʻlsalar-da, chizgan rasmlari, oʻqiyotgan kitoblari, onlayn darslardagi faol ishtiroklari bilan koronavirusga qarshi dadil kurashyaptilar!
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring