Bolalar ombudsmani Olmaliq shahridagi holatni nazoratga olinganini maʼlum qildi

12:52 23 Sentyabr 2024 Jamiyat
454 0

Toshkent viloyati Olmaliq shahrida maktab oʻquvchilari suvdan zaharlanishi haqidagi xabarlar paydo boʻlgandi. Bolalar ombudsmani mazkur holatni oʻrganayotgani haqida xabar berdi.

Qayd etish kerakki, Olmaliq shahridagi ixtisoslashgan maktab oʻquvchilari maktab hududidagi filtrlanmagan suv isteʼmol qilishi natijasida sogʻligʻida shikoyat qilib, joriy yilning 15-sentyabr kunidan 19-sentyabr kuniga qadar 12 nafar oʻquvchi oʻtkir ichak kasalligiga gumon qilinib, yuqumli kasalliklar boʻlimiga murojaat qilgandi.

Ombudsmanning maʼlum qilishicha, hozirda maktab oʻquvchilarining sogʻligʻi ijobiy boʻlib, ularning 7 nafariga uyida davolanishga javob berilgan.

“Holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni Saqlash vazirligi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan tekshirish ishlari olib borilib, suvdan, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa vositalardan kimyoviy tahlil uchun namunalar olindi”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, holat yuzasidan Olmaliq tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib bormoqda

Avvalroq, qaysi yengil avtomobil Oʻzbekistonda koʻproq ishlab chiqarilgani haqida xabar berilgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер