Boks: 7 nafar yurtdoshimiz final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi
Armanistonda boks boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatining yarim final janglari ortda qoldi.
Maʼlum qilganimizdek, unda Oʻzbekiston terma jamoasining 11 nafar vakili bahs olib bordi.
Ahamiyatlisi, 7 nafar yurtdoshimiz oʻz jangini muvaffaqiyatli oʻtkazib, final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.
Dasturga koʻra, bugun dam olish kuni. Chempionlik janglari 3-4-dekabr kunlari oʻtkaziladi.
Finalga yoʻl olgan hamyurtlarimiz:
-46 kg: Maftuna Musurmonova
-57 kg: Sevara Mamatova
-75 kg: Maftuna Yangiyeva
+80 kg: Sobiraxon Shahobiddinova
-60 kg: Feruzjon Saʼdullayev
-63 kg: Hikmatillo Oʻlmasov
+80 kg: Islom Salihov
Musobaqani bronza medali bilan yakunlaganlar:
-46 kg: Abdurahmon Mahmudjonov
-66 kg: Akbar Ahmadov
-50 kg: Husan Qahhorov
-70 kg: Norbek Abdullayev
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring