Boysun: tabiat goʻzalligi koʻzni qamashtiradi
Foto: Yunus Xoliyorov
Surxondaryoning Boysun tumani — tabiatning bebaho goʻzalligi bilan barchani maftun etadigan goʻsha.
Togʻ yonbagʻridagi qir-u adirlar yilning toʻrt faslida ham, ayniqsa, bahorda oʻzgacha nafosat bilan sayyohlarni kutib oladi. Bahorda lola-qizgʻaldoq, chuchmomalarning rang-barang gullari bepoyon kengliklarni bezab, “maftunkor Boysunga xush keldingiz!” degandek, qalblarga quvonch ulashadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring