Bogʻchaga shakllangan yoʻllanmani olishga Davlat xizmatlari markaziga borish shart emas!

15:47 08 Dekabr 2023 Jamiyat
918 0

Adliya vazirligi, Maktabgacha taʼlim agentligi va Raqamli texnologiyalar vazirligi birgalikda fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida yana bir byurokratiyaga chek qoʻyishdi.

Xabaringiz bor, bugungi kunga qadar farzandingizni bogʻchaga joylashtirish uchun yoʻllanmani Davlat xizmatlari markazidan (agar markaz orqali yuborilgan boʻlsa) olishingiz lozim edi va buning uchun Siz vaqt va mablagʻ kabi omillarga duch kelgansiz.

Yangi tartib bilan bunday ovoragarchiliklar endi boʻlmaydi!

Endilikda, yoʻllanma shakllanishi bilan Sizga SMS xabar orqali ariza raqami va maxfiy kod yuboriladi. Ushbu maxfiy kod bilan Siz toʻgʻridan-toʻgʻri bogʻchaga borishingiz va mudiraga aytishingiz kifoya.

Asosiysi, Sizga shakllangan yoʻllanmani tasdiqlovchi maxfiy kodi MTM mudirasiga aytilmaguncha u yoʻllanmani koʻra olmaydi va bu bilan korrupsiya holatlari oldi olinadi.

Yana bir ahamiyatli jihati, birgina 2022-yilning ozida bogʻchaga joylashtirish uchun 1 405 424 ta, 2023-yilning 9 oyi mobaynida esa 1 022 065 ta yoʻllanma shakllangan. Bu degani, ushbu qulaylik orqali fuqarolarning nafaqat vaqti balki har yili 1.2 milliondan ortiq (6 tonna) qogʻoz tejalishiga erishiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер