Bogʻ yaratgan nuroniylar
Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Shahrixon tumanida nuroniylar tomonidan bogʻ barpo qilindi. “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilgan bu xayrli ishda tumandagi barcha otaxon va onaxonlar faol ishtirok etdi.
— Xalqimizda ”Yaxshidan bogʻ qoladi”, degan naql bor, — deydi “Nuroniy” jamgʻarmasining Shahrixon tumani boʻlimi rahbari Saydali Madaminov. — Biz, keksalar yoshlarga ibrat boʻlgan holda hududlarda yashil makon barpo qilishga bosh-qosh boʻlmogʻimiz kerak. “Nuroniylar bogʻi”ni tashkil etish orqali farzandlarimizga, nabiralarimizga namuna boʻlmoqdamiz.
Yarim gektar maydonda barpo etilgan ushbu bogʻga ming tupdan ortiq mevali va manzarali daraxt koʻchatlari ekildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring