Boburjon Omonov oltinchi oltin medalimizga mualliflik qildi — Fotoreportaj
Foto: Husniddin Ato
Para yengil atletikachilarimizning navbatdagi medali uzoq kuttirmadi. F41 klassida yadro uloqtirish bellashuvlarida ishtirok etgan yurtdoshimiz Boburjon Omonov oltin medalga sazovor boʻldi. Paralimpiya oʻyinlarining ikki karra chempioniga aylangan andijonlik sportchimiz 14.32 metr natija qayd etib, Tokio-2020 yozgi Paralimpiya oʻyinlarida oʻzi oʻrnatgan rekordni yangilashga erishdi.
Ushbu muvaffaqiyatdan keyin delegatsiyamiz hisobidagi medallar hozircha 6 ta oltin, 4 tadan kumush va bronzani tashkil etmoqda.








Foto: Husniddin Ato
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring