BMT Xavfsizlik Kengashi koronavirus boʻyicha rezolyutsiya qabul qildi
BMT Xavfsizlik Kengashi tomonidan koronavirus toʻgʻrisida rezolyutsiya qabul qilindi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
Mazkur kelishuv uch oylik muzokaralardan soʻng maʼqullandi.
Hujjatga koʻra, barcha davlatlar jangovar harakatlarni toʻxtatishi kerak. Shu boʻyicha BMT Bosh kotibining maxsus elchilari va vakillari yuboriladi.
BMT XK oʻzaro ziddiyatdagi tomonlarga 90 kundan kam boʻlmagan muddatda oʻt ochishni zudlik bilan toʻxtatishni soʻrab murojaat qilgan. Bundan koʻzlangan maqsad pandemiya sharoitida barqaror gumanitar yordam koʻrsatilishini taʼminlashdir.
Taqiqlangan terrorchilik tashkilotlariga qarshi harbiy operatsiyalar bundan mustasno.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring