BMT Xavfsizlik Kengashi Erondagi vaziyat yuzasidan favqulodda yigʻilish boshladi
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish AQSH va Isroilning Eronga qarshi harbiy hujumlarini qoraladi.
Bosh kotibning soʻzlariga koʻra, Yaqin Sharqdagi vaziyatning yanada keskinlashishi xalqaro tinchlik va xavfsizlikka tahdid soladi.
“Xalqaro huquq va xalqaro gumanitar huquq har qanday sharoitda ham hurmat qilinishi kerak”, — deydi Guterrish.
Shuningdek, BMT bosh kotibi harbiy harakatlarni zudlik bilan toʻxtatishga va Eron yadroviy dasturi boʻyicha muzokaralarga qaytishga chaqirgan. Shuningdek u, Yaqin Sharqdagi mojaroda tomonlarni yadroviy xavfsizlikni taʼminlashga undagan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring