BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish iqlim birdamligi boʻyicha bitim imzolashni taklif qildi
Foto: Arxiv surat
Insoniyat “iqlim doʻzaxi” tomon harakatlanmoqda, deya ogohlantirdi BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish 7-noyabr kuni Sharm-ash-Shayxda (Misr) ochilgan BMTning iqlim oʻzgarishi boʻyicha anjumanidagi nutqida.
BMT rasmiy saytining maʼlumotiga koʻra, Bosh kotib voqealarning bunday ssenariyda rivojlanishiga yoʻl qoʻymaslikka chaqirgan, taraqqiy etgan va rivojlanayotgan mamlakatlarni dunyodagi jadal global isishni toʻxtatishga qaratilgan iqlim boʻyicha birdamlik bitimini imzolashga daʼvat etgan.
«Insoniyat oldida tanlov qilish imkoniyati bor: hamkorlik qilish yoki halok boʻlish. Iqlim birdamligi toʻgʻrisidagi bitimni imzolash yoki jamoaviy tarzda oʻz joniga qasd qilish toʻgʻrisidagi qarorga kelish ”, deb taʼkidlagan BMT Bosh kotibi konferensiyaning birinchi rasmiy yalpi majlisida yigʻilgan 100 dan ortiq dunyo yetakchilariga huzurida qilgan murojaatida.
“Iqlim oʻzgarishi uchun global kurash bizning koʻz oʻngimizda – istiqboldagi muhim oʻn yillikda gʻalaba qozonadi yoki yutqazadi”, degan BMT yetakchisi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring