Biznes-ombudsman fermerlar bilan ochiq muloqot tashkil etdi

12:37 28 Iyul 2023 Jamiyat
341 0

Bugun, 28-iyul kuni fermerlar ishtirokida tajriba almashinuv haftaligi doirasida Toshkent shahrida fermerlar ishtirokida ochiq muloqot boʻlib oʻtdi. Unda Biznes-ombudsman oʻrinbosari Jamshid Urunov ishtirok etdi.

Ushbu tajriba almashinuv haftaligi doirasida Respublika tumanlaridan kelgan 200 dan ziyod fermer xoʻjaligi rahbarlari oʻzaro fikr va tajriba almashadilar.

Shuningdek, tadbirlar davomida, qishloq va suv xoʻjaligi qonunchiligi, qishloq va suv xoʻjaligini Davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimi, joylarda yer usti va yer osti suv resurslarini ishlatish bilan bogʻliq masalalar, qishloq xoʻjaligida mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish hamda sohani kreditlash va sugʻurtalash tizimi masalalari muhokama qilinadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер