Biz kelishuvga erishishimiz kerak, aks holda yomon narsalar yuz beradi – Tramp
AQSH Yaqin Sharqqa soʻnggi bir necha oʻn yil ichidagi eng katta dengiz kuchlarini joylashtirdi. Bu haqida BILD nashri xabar berdi.
Unda aytilishicha, Pentagon Yaqin Sharqda joylashtirgan qoʻshinlar Amerika harbiy kemalari va samolyotlari floti, shuningdek, ikkita jangovar aviatashuvchi harbiy guruhni oʻz ichiga oladi.
Qoʻshma Shtatlar rahbari Donald Tramp agar Eron bilan yadroviy dastur boʻyicha muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlansa, unga qarshi harbiy harakatlar amalga oshiriladi.
“Soʻnggi yillarda Eron bilan oqilona kelishuvga erishish oson emasligi aniq boʻldi. Shunday boʻlsada biz adolatli kelishuvga erishishimiz kerak. Aks holda, yomon narsalar yuz beradi”, — degan Tramp.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring