Islohotlar ortga qaytmaydigan muqarrar tus olgani real haqiqatdir — Prezident
Foto: president.uz
Davlatimiz rahbari Toshkent xalqaro investitsiya forumida nutq soʻzlamoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
«Umuman olganda, 5 yil davomidagi harakatlarimiz oʻzining ijobiy natijalarini bermoqda.
Bu fikrni islohotlarimizning dastlabki yillaridayoq, iqtisodiyotimizning yillik oʻrtacha oʻsishi 5 foizni, sanoat sohasida esa – 8 foizni tashkil etgani ham tasdiqlaydi. Oltin-valyuta zaxiralarimiz 27 milliard dollardan 35 milliard dollarga yetdi.
Hatto koronavirus pandemiyasi avj olgan 2020-yilda ham mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti oʻśishida ijobiy dinamika saqlab qolingani, 2021-yilda esa uning oʻsish surʼati 7 foizdan oshgani – islohotlar yoʻlining toʻgʻri tanlanganidan dalolat boʻlib, bizni yangi amaliy marralarga daʼvat qilmoqda.
Yangi Strategiyamizning pirovard maqsadi – davlatimiz va jamiyatimizning barcha soha va yoʻnalishlarida “Inson qadri uchun” gʻoyasini hayotga tatbiq etish», dedi davlatimiz rahbari.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring