Birlashgan Arab Amirliklarida Xalqaro insoniy birodarlik kuni nishonlanmoqda

15:29 04 Fevral 2024 Dunyo
520 0

Birlashgan Arab Amirliklari va xalqaro hamjamiyat 2021-yildan beri har yili 4-fevralda “Xalqaro insoniy birodarlik kuni”ni nishonlab kelmoqda.

— Bu 2019-yil 4-fevralda Abu Dabida Birlashgan Arab Amrliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon Hazrati Oliylari va Birlashgan Arab Amirliklari vitse-prezidenti, Bosh vazir, Dubay hokimi Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum Hazrati Oliylari huzurida Bosh imom, Al-Azhar Shayxi doktor Ahmad At-Tayyib hamda Katolik cherkovi papasi Papa Fransisk oʻrtasida Butundunyo tinchlik va hamjihatlikda yashashi uchun “Insoniy birodarlik” hujjati imzolangan kunga toʻgʻri keladi, — deb yozilgan BAAning Oʻzbekistondagi elchisi Said Matar AlgʻKemziy maqolasida. — Imzolangan ushbu hujjat dunyoda insonlar oʻrtasida tinchlikka daʼvat etuvchi qoʻshma deklaratsiyani ifodalab ikki buyuk din arboblari oʻrtasidagi birodarlik doʻstligi natijasida dinlar oʻrtasidagi muloqot va hamkorlik madaniyatini rivojlantirish uchun moʻljallangan. Shuningdek, biz barchamiz bir insoniyat oilasining aʼzolari ekanligimizni eʼtirof etgan holda, kelajak avlodlar orasida oʻzaro hurmat madaniyatini rivojlantirishda yoʻriqnoma boʻlishi koʻzda tutilgan.

Hujjatda xotin-qizlarning bilim olish, mehnat qilish va siyosiy huquqlarini amalga oshirish haqqini eʼtirof etish dolzarb zarurat ekani, shuningdek, ularning eʼtiqodi va qadriyatlari tamoyillariga zid boʻlgan tarixiy va ijtimoiy tazyiqlardan xalos etish uchun harakat qilish zarurligi taʼkidlangan. Bolalarning esa, oilada tarbiyalanish, yeb-ichish, taʼlim olish va ularga gʻamxoʻrlik qilish boʻyicha asosiy huquqlari, oila va jamiyat oldidagi burch ekanligi hamda ularni ehtiyojlari taʼminlanishi, himoya qilinishi, hech bir bola hech qanday joyda ulardan mahrum etilmasligi lozimligi taʼkidlangan.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi Birlashgan Arab Amirliklari, Bahrayn Qirolligi, Misr Arab Respublikasi va Saudiya Arabistoni Qirolligi taqdim etgan tashabbusi doirasida 4-fevralni “Xalqaro insoniy birodarlik kuni” deb eʼlon qilish toʻgʻrisidagi rezolyutsiyani bir ovozdan qabul qildi. Rezolyutsiyada barcha din va eʼtiqodga mansub kishilarning insoniyatga qoʻshgan qimmatli hissasi, bagʻrikenglikni targʻib qilish va din yoki eʼtiqodga asoslangan kamsitishlarga barham berishda taʼlimning roli alohida taʼkidlangan hamda dinlararo, madaniyatlararo muloqotni rivojlantirishga qaratilgan barcha xalqaro, mintaqaviy, milliy va mahalliy tashabbus va diniy yetakchilarning saʼy-harakatlari yuksak baholangan”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер