Bir qancha Yevropa Ittifoqi davlatlari Falastin davlatini tan olishi mumkin

23:17 29 Aprel 2024 Dunyo
418 0

Arxiv surat

Yevropa Ittifoqiga aʼzo bir qator bir qancha davlatlar may oyi oxirigacha Falastin davlatligini tan olishi kutilmoqda.

Bu fikrlarni Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati boʻyicha Oliy vakili Jozep Borrel Ar-Riyodda boʻlib oʻtgan Jahon iqtisodiy forumining navbatdan tashqari yigʻilishida aytib oʻtdi.

«Yevropa Ittifoqiga aʼzo bir qancha davlatlar may oyi oxirigacha Falastin davlatligini tan olishlari kutilmoqda», dedi Borrel.

Falastin hozirda Yevropa Ittifoqiga aʼzo toʻqqiz davlat tomonidan tan olingan. Sakkiz mamlakat — Bolgariya, Kipr, Chexiya, Vengriya, Malta, Polsha, Ruminiya va Slovakiya bu qadamni 1988-yilda, Yevropa Ittifoqiga qoʻshilishdan oldin, Shvetsiya esa 2014-yilda qoʻygan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер