Bir oy muddatda sanoat, hunarmandchilik va kasanachilik mikro markazlarini 700 ta ixtisoslashgan mahallada tashkil etish belgilandi

18:05 19 Aprel 2022 Siyosat
1523 0

Foto: president.uz

Hunarmandchilik, tikuvchilik, kosibchilik, qandolatchilik kabi uy sharoitidagi kichik ishlab chiqarish loyihalarini mahallaning oʻzida kengaytirish kerakligi taʼkidlandi.

Shu munosabat bilan bir oy muddatda sanoat, hunarmandchilik va kasanachilik mikro markazlarini 700 ta ixtisoslashgan mahallada tashkil etish ishlarini boshlash boʻyicha topshiriq berildi.

Bu markazlarning 70 tasi ishsizlik darajasi yuqori boʻlgan mahallalarda ochilishi zarur. Ushbu markazlardan 5 yil muddatda yer va mol-mulk soligʻi undirilmaydi.

Joriy yilda bu maqsadlarga 500 milliard soʻm yoʻnaltiriladi, ushbu sanoat markazlari orqali 50 ming nafar aholi bandligi taʼminlanadi.

Yana bir masala – yil boshidan buyon hokim yordamchilari tomonidan 5 mingga yaqin boʻsh binolar aniqlandi. Hokim yordamchilari aniqlagan boʻsh bino-inshootlarni sotish, ijaraga berishdan tushgan mablagʻlar ushbu mahallaning infratuzilmasini rivojlantirishga sarflanishi belgilandi.

“Umuman, yil yakuniga qadar boʻsh bino qolishi kerak emas”, dedi Prezident.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер