Bir kunda qancha tuz isteʼmol qilish kerak?

10:46 22 Dekabr 2022 Jamiyat
1246 0

Foto: Arxiv surat

— Osh tuzi – inson tanasiga natriy yetkazib beruvchi yagona ozuqaviy modda. U organizmda qon aylanishi va qon bosimini boshqarish, asab tizimi hamda mushaklar orasidagi uzviy aloqani taʼminlaydi, — deydi Aholining sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish markazi direktori Nodira Alixanova.

Ushbu mahsulot tarkibidagi xlor ovqat hazmiga yordam beradi. Tanada suv-tuz balansini tartibga solishda ishtirok etib, jigarning toʻgʻri ishlashiga koʻmaklashadi.

JSST tavsiyasiga koʻra, organizmdagi moddalar almashinuvini meʼyorlashtirish uchun kuniga bir choy qoshiq – 5 gramm yodlangan osh tuzi isteʼmol qilish yetarli. Agar kunlik miqdor ortib ketsa, turli xastaliklar kelib chiqadi.

Eng avvalo, ortiqcha tuz suyak toʻqimalariga yomon taʼsir qiladi. Tanada moddalar almashinuvi buzilib, yurak, buyrak va qon aylanish tizimida salbiy oʻzgarishlar kuzatiladi.

Shish: meʼyordan oshiq tuz organizmda suyuqlikni ushlab turishi oqibatida shishlar paydo qiladi.

Ortiqcha vazn: tuz yogʻlar parchalanishiga toʻsqinlik qilib, ortiqcha vaznni yuzaga keltiradi.

Kalsiy yetishmasligi: u koʻp isteʼmol qilinsa, buyraklar faoliyati buziladi. Tanadagi ortiqcha tuz peshob bilan chiqariladi va u bilan kalsiy ham yuviladi. Oqibatda organizmda kalsiy yetishmovchiligi kuzatiladi.

Koʻz xastaligi: yodlangan tuzning koʻp miqdori koʻz bosimini oshirib, kataraktaga olib keladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер