Bir xonadonda 2 nafar nogironligi bor shaxs yashasa, ularning faqat bittasiga ijtimoiy yordam koʻrsatiladimi?

11:50 23 Dekabr 2022 Jamiyat
503 0

Foto: Arxiv surat

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman)ga Navoiy shahrida yashovchi fuqaro V.N. 1-guruh nogironligi boʻlgan ukasi S.N.ga ijtimoiy yordam koʻrsatilmayotganidan norozi boʻlib murojaat qildi.

Ushbu murojaat Ombudsmanning Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakili Shuhrat Joʻrayevga joyiga chiqib oʻrganish uchun yuborildi. Mintaqaviy vakil Viloyat tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boshqarmasi, Pensiya va nafaqalarni tayinlash, Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimlari masʼullari ishtirokida ishchi guruh tuzib, murojaatni joyiga borib oʻrgandi. Murojaatchi va uning ukasi bilan suhbat oʻtkazildi, masalaga tegishli hujjatlar oʻrganildi.

Aniqlanishicha, bir xonadonda nogironligi boʻlgan aka-uka fuqarolar yashashadi. Ularning har ikkalasi koʻz kasalliklari boʻyicha 1-guruh nogironi sifatida roʻyxatda turadi. Lekin ularning bittasigagina imtiyozlar belgilangan. Yaʼni, akasi tegishli qonun hujjatlariga koʻra, Navoiy shahar tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boʻlimi tomonidan biriktirilgan ijtimoiy xodim belgilangan grafik asosida ijtimoiy xizmat koʻrsatib keladi hamda har oyda bepul yetkazib beriladigan oziq-ovqat mahsulotlari, gigiyena tovarlari oʻrniga bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravarida qoʻshimcha toʻlovlar berib kelinadi. 1-guruh nogironi boʻlgan uka esa hech qanday yordam olmaydi.

Fuqaro S.N.ni yakka-yolgʻizlar roʻyxatiga kiritish va belgilangan imtiyozlardan foydalanishi uchun tegishli tashkilotlarga murojaat qilindi va Ombudsman xulosasi yuborildi. Hozirda unga uy ishlarida yordam qilish uchun ijtimoiy xodim biriktirildi va har oyda qoʻshimcha toʻlov amalga oshirilishi taʼminlandi. Uzoq vaqtdan beri hal boʻlmagan murojaat Ombudsman aralashuvidan soʻng ijobiy yechim topdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер