Bill Geyts tarixdagi eng katta ilmiy yutuqlarni maʼlum qildi

11:08 08 May 2021 Dunyo
1327 0

“Microsoft” asoschisi Bill Geyts koronavirusga qarshi vaksinalarni tarixdagi eng katta ilmiy yutuq deb atadi. U bu haqda “Handelsblatt” gazetasiga bergan intervyusida aytib oʻtgan.

Amerikalik tadbirkor dunyodagi qaysi uchta ixtironi eng muhim deb bilishi haqida berilgan savolga “COVID-19”ga qarshi vaksinalar bu yil pandemiyani yengib oʻtamiz degan katta umid baxsh etdi", deya javob bergan.

Geyts ikkinchi oʻringa mikroprotsessor ixtirosini keltirgan. Ushbu qurilmaning muxlisi ekanligini taʼkidlagan va aynan mikroprotsessor shaxsiy kompyuterni yaratishga imkon bergan.

Geytsga koʻra, “Yashil inqilob” uchinchi eng yaxshi ixtiro. U oʻtgan asrning oʻrtalarida rivojlanayotgan mamlakatlar qishloq xoʻjaligidagi oʻzgarishlar majmuasi hisoblanadi va hosildorlikning sezilarli darajada oshishiga imkon yaratdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер