Bill Geyts keyingi pandemiyaning oldini olish haqida kitob yozdi
“Microsoft” kompaniyasi asoschisi Bill Geyts “Qanday qilib navbatdagi pandemiyani oldini olish mumkin?” nomli kitob yozdi. Mazkur kitob may oyida nashr qilinadi.
Geyts oʻz kitobida kelajakda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan kasalliklarni qanday qilib toʻxtatish kerakligini bosqichma-bosqich maʼlum qilgan.
Bundan tashqari, milliarder butun dunyo boʻylab sogʻliqni saqlash tizimini yaxshilash imkoniyatlarini tushuntirib oʻtgan.
U sogʻliqni saqlash rahbarlari bilan “muntazam suhbatlari” haqida ham gapirishga vaʼda bergan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring