Bibixonimga tegishli munchoq namoyishi
Temuriylar tarixi davlat muzeyida “Tasviriy san’atda temuriylar davri ayollari siymosi” ko‘rgazmasi ochildi. Unda Amir Temur va temuriylar davrida ayollar obrazi aks etgan mo‘jaz miniatyuralar, XXI asr rassomlari tomonidan yaratilgan asarlar, XIX — XX asrlarga oid ayollar taqinchoqlari va eng asosiysi, muzeyning noyob ekspontlaridan biri hisoblangan Bibixonimga tegishli munchoq o‘rin olgan.
Aytish joizki, qadimdan Sharqning ayollari o‘zining go‘zalligi, donoligi va jamiyatdagi o‘rni bilan boshqa xalqlar ayollaridan tubdan farq qilgan. Xususan, XIV — XVI asrlarda Amir Temur va temuriylar davri malikalari jamiyatda ilmi, aql-zakovati, donishmandligi, ma’naviy-axloqiy fazilatlari, davlat boshqaruvi, diplomatiya va me’morchilik ishlarida faol ishtiroki, ilm-fan, madaniyat hamda san’at taraqqiyotidagi o‘rni bilan alohida ajralib turgan.
Ko‘rgazma o‘z ishini davom ettirmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring