“Betis” turnirni tark etdi, “Nottingem Forest” keyingi bosqichda
Kecha, 16-aprel kuni futbol boʻyicha Yevropa ligasi musobaqasining chorak final oʻyinlari yakunlandi. Kun doirasidagi bahslarda quyidagi natijalar qayd etildi:
“Selta” 1:3 “Frayburg”;
“Real Betis” 2:4 “Braga”;
“Nottingem Forest” 1:0 “Portu”;
“Aston Villa” 4:0 “Bolonya”.
Shu tariqa Angliyaning “Aston Villa” va “Nottingem Forest”, shuningdek, Portugaliyaning “Braga” va Germaniyaning “Frayburg” jamoalari musobaqaning yarim finaliga yoʻl oldi.
Ushbu bosqichda ikki ingliz klubi oʻzaro kuch sinashsa, “Braga” jamoasi “Frayburg” bilan juftlik hosil qiladi.
Maʼlumot uchun, Yevropa ligasi musobaqasining yarim final oʻyinlari 1–8-may kunlari boʻlib oʻtadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring