Beshta tumanga yangi hokimlar tayinlandi
Bugun, 7-avgust kuni Oʻzbekistoning Toshkent, Furqat, Gʻozgʻon, Mingbuloq va Taxiatosh tumanlariga yangi hokim tayinlandi.
Gʻozgʻon shahriga yangi hokim tayinlandi
Joʻrayev Nurali Shuhratovich — Navoiy viloyatining Gʻozgʻon shahri hokimi vazifasiga tayinlandi.

Bunga qadar u Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hududlarni rivojlantirish boshqarmasi bosh mutaxassisi vazifasida faoliyat yuritgan.
Taxiatosh tumaniga yangi hokim tayinlandi
Aytbayev Kamiljan Kurbanbayevich — Taxiatosh tumani hokimi etib tayinlandi.

U bunga qadar Amudaryo tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish boʻlimi boshligʻi lavozimida faoliyat olib borgan.
Mingbuloq tumaniga yangi hokim tayinlandi
Mansurov Ahror Ahmadaliyevich — Namangan viloyatining Mingbuloq tumani hokimi etib tayinlandi.

Furqat tumaniga yangi hokim tayinlandi
Asronkulov Elyorbek Madaminovich — Fargʻona viloyatining Furqat tumani hokimi etib tayinlandi.

Bunga qadar u Ijtimoiy himoya milliy agentligining Fargʻona viloyati boshqarmasi boshligʻi boʻlib ishlab kelgan.
Toshkent tumaniga yangi hokim tayinlandi
Ergashev Sardorbek Kadirovich — Toshkent viloyatining Toshkent tumani hokimi etib tayinlandi.

U faoliyati davomida Toshkent tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari – tuman iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish boʻlimi boshligʻi hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligining Toshkent viloyati boshqarmasi boshligʻi lavozimlarida ishlagan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring