Beshariqda Gollandiya lolalari

21:03 04 Mart 2022 Jamiyat
1422 0

Foto: Халқ сўзи

Fargʻona viloyatining Beshariq tumanida gulchilik jadal rivojlanayotgan biznesga aylanmoqda. Tumandagi oʻnlab oilalarda parvarishlanayotgan rang-barang gullar Fargʻona vodiysi, poytaxtimiz va mamlakatimizning boshqa hududlariga yetkazib berilayotir.

Beshariq tumani markazidagi «Gulilola dunyosi» oilaviy korxonasida esa 25 turda Gollandiya lolalari yetishtirilyapti.

Oʻtgan yili Gollandiyadan lola ildizlarini keltirgan bu gulchilar oilasi 60 sotixli issiqxonada ularni parvarishlay boshladi. Eʼtibor, mehr va parvarishdan barq urgan anvoyi lolalar mamlakatimiz shaharlari, qoʻshni respublikalar, Janubiy Koreyaga eksport qilinmoqda.

Oilaviy korxonada 12 ta doimiy ish oʻrni yaratilgan, mavsumiy yumushlarga yana 10 nafardan ziyod mahalladoshlar jalb etiladi. Boisi tomorqadan bir yilda toʻrt marotaba hosil oladigan oila gulchilikdan tashqari turli koʻkatlar yetishtirish orqali ham qoʻshimcha daromad qiladi.

— Har bir lola ildizi 3-3,5 ming soʻmdan olinib, uch oy parvarish qilinadi va bitta lola guli ichki bozorda oʻrtacha 15-20 ming soʻmdan sotiladi, eksportga chiqariladigani yanada qimmat, — deydi Guliraʼno Rahimjonova. — Shu tariqa oilamiz gulchilikdan yiliga 60 million soʻm sof foyda oladi.

Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер