Benzin importi 112 mln. litrga oshgan

12:33 04 Yanvar 2022 Iqtisodiyot
1366 0

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar-noyabr oylarida Oʻzbekistonga qiymati 115,3 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 308,4 mln. litr avtomobil benzini import qilingan.

Avtomobil benzini importi oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 112 mln. litrga oshgan.

Oʻzbekiston avtomobil benzinini import qilgan asosiy davlatlar:

— Rossiya – 145,3 mln. litr;

— Turkmaniston – 141,2 mln. litr;

— Qozogʻiston – 16 mln. litr;

— Iroq – 3,6 mln. litr;

— Eron – 1,8 mln. litr;

Oʻzbekistonda 2021-yilning yanvar — noyabr oylarida 1 mln. tonnadan ziyod avtomobil benzini ishlab chiqarilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер