Belgiyadagi atom elektr stansiyasining faoliyati favqulodda toʻxtatildi

03:26 16 Iyul 2021 Dunyo
1065 0

Arxiv surat

Belgiyaning Antverpen provinsiyasidagi “Doel” atom elektr stansiyasidagi (AES) reaktorlardan birining faoliyati favqulodda toʻxtatildi. Bu haqda Yadro nazorati boʻyicha federal agentlik bayonot berdi.

Bayonotda aytilishicha, AESni boshqaruvchi «ENGIE Electrabel» kompaniyasi xodimlari generatorda vodorod isteʼmolining tez oʻsishgani aniqlanganidan soʻng “Doel 2” reaktorini oʻchirishgan. Bunga vodorod sizib chiqqani sabab boʻlgan. 

Nazorat qiluvchi tashkilot vaziyat nazorat ostida ekanligini taʼkidladi.

«Yadro nazorati boʻyicha federal agentlik ushbu hodisani “ENGIE Electrabel” bilan hamkorlikda kuzatmoqda», deyiladi kompaniya xabarida.

Taʼkidlanishicha, vodorod sizishi toʻxtaganidan keyingina reaktor qayta ishga tushiriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер