Belgiya elchisi Oʻzbekiston TIV rahbariga ishonch yorliqlarini topshirdi
Belgiyaning Oʻzbekistondagi elchisi Erik De Mayer Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovga ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda TIV rahbari oʻzining Telegram kanalida xabar berdi.
Bildirilishicha, uchrashuv davomida ikki tomonlama munosabatlarga oid keng koʻlamli masalalarni muhokama qilingan. Oʻzbekiston va Belgiya oʻrtasida savdo, investitsiyalar va biznes sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, shuningdek, amaliy iqtisodiy aloqalarni kengaytirish muhimligi qayd etilgan.
“Elchi janoblariga mamlakatimizdagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz”, deb yozadi Baxtiyor Saidov.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring