Belarus SHHTga aʼzo boʻlmoqchi
Foto: Illustrativ foto
Bu haqda Rossiya prezidentining SHHT boʻyicha maxsus vakili Baxtiyor Xakimov maʼlum qildi. Uning soʻzlariga koʻra, ariza Belarus hukumati tomonidan maʼqullangan.
Taʼkidlanishicha, Belarus tomoni mamlakatni SHHTga tezkorlik bilan qabul qilish boʻyicha soʻrov yuboradi.
Eslatib oʻtamiz, SHHTga Oʻzbekiston, Hindiston, Qozogʻiston, Xitoy, Qirgʻiziston, Pokiston, Rossiya va Tojikiston kiradi. Belarus hozirda tashkilotda kuzatuvchi maqomiga ega.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring