Belarus Prezidentini tantanali kutib olish marosimi boʻldi
“Koʻksaroy” qarorgohida Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenkoni rasmiy kutib olishga bagʻishlangan tantanali marosim boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekiston va Belarus bayroqlari bilan bezatilgan maydonda oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Belarus yetakchisini samimiy kutib oldi va shohsupaga taklif qildi. Ikki mamlakat madhiyalari yangradi.
Davlat rahbarlari faxriy qorovul safi oldidan oʻtib, rasmiy delegatsiyalar aʼzolarini qutladilarBirgalikda suratga tushilgach, oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring