Bekobod tumaniga hokim tayinlandi
Mirzayev Shuhrat Shahobutdinovich — Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashining qarori bilan tuman hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Sh. Mirzayev 1982-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. Maʼlumoti – oliy. 2004-yil Toshkent moliya instituti hamda 2007-yil G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot akademiyasining Toshkent shahridagi filiali, 2009-yil Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyalarini tamomlagan.
Lavozimga tayinlangunga qadar, “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat banki Buxgalteriya hisobi va hisoboti departamenti boshligʻining oʻrinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring