Bekobod tumani hokimi lavozimiga Shuhrat Doʻsbekov tayinlandi
Doʻsbekov Shuhrat Begimqulovich Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashining qarori bilan tuman hokimi etib tayinlandi.
Sh. Doʻsbekov 1980-yili Toshkent viloyati Piskent tumanida tugʻilgan. Maʼlumoti – oliy. 2008-yil Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan.
Shuhrat Doʻsbekov faoliyati davomida Toshkent viloyati qishloq xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi, Bekobod tumani hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan.
Tayinlovga qadar Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari Toshkent viloyati Kengashi raisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring