“BBC World News” telekanalida Oʻzbekiston turizmiga bagʻishlangan targʻibot kompaniyasi boshlandi
Jahonning yetakchi telekanali “BBC World News” tomonidan butun dunyo sayyohlarining katta auditoriyasini oʻzida jam qilgan “The Travel Show” haftalik teledasturi orqali Oʻzbekistonning turizm salohiyatiga bagʻishlangan maxsus koʻrsatuvlar tez orada efirga uzatiladi.
Dunyo boʻylab 200 dan ortiq mamlakatlar va hududlarda jami 450 milliondan ortiq auditoriya kuzatib boruvchi “BBC World News” telekompaniyasi bilan Madaniyat va turizm vazirligi hamkorligida amalga oshirilayotgan loyihaga koʻra, “The Travel Show” haftalik teledasturi doirasida maxsus Oʻzbekistonga bagʻishlangan 23 daqiqalik telekoʻrsatuv ommaga havola etilishi rejalashtirilgan.
Shu kunlarda “BBC World News” telekanali efirlarida reklama sifatida 2 va 4 daqiqalik modullar (Oʻzbekiston haqidagi toʻliq teledasturdan parchalar) namoyishi boshlandi.
Bundan tashqari telekanalning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali Oʻzbekiston haqidagi “The Travel Show” dasturining maxsus sonini targʻiboti amalga oshirilmoqda.
“BBC World News” telekanalida Oʻzbekiston haqida toʻliq metrajli 23 daqiqalik maxsus koʻrsatuv premyeradan tashqari 4 oy davomida takroran 4 marotaba efirga chiqishi belgilangan.
Shuningdek, mazkur telekompaniya tomonidan “Travel Show Uzbekistan Special” koʻrsatuvi ham tayyorlangan boʻlib, koʻrsatuv davomida tomoshabinlar uchun Oʻzbekiston boʻyicha qimmatli maʼlumotlar taqdim etiladi.
Shuningdek, “BBC Travel” ijtimoiy tarmoqlarida Oʻzbekiston haqidagi “Travel Show” dasturining maxsus soni efirga uzatilishidan avval doimiy ravishda targʻib qilinadi. Dastur materiallari bilan onlayn video parchalar “BBC Travel Show” dasturi sahifasida, “BBC News” onlayn va “BBC Reel”da efirga uzatiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring