Baʼzi chet el nashrlari Ittifoq davlatini kengaytirish va unga Oʻzbekistonning qoʻshilishi haqidagi asossiz fikrlarini tarqatishda davom etmoqda
Foto: Illustrativ foto
Soʻnggi vaqtlarda hodisalarni yoritishda xolislik va betaraflikka daʼvo qiladigan baʼzi chet el nashrlari ayrim xorijiy davlatlar rahbarlarining Ittifoq davlatini kengaytirish va unga Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi haqidagi asossiz fikrlarini tarqatishda davom etmoqda.
Shu munosabat bilan Oʻzbekistonning xorijiy hamkorlar bilan doʻstona munosabatlariga putur yetkazishi mumkin boʻlgan bunday igʻvogar harakatlarga yoʻl qoʻyilmasligini yana bir bor taʼkidlaymiz.
Oʻzbekiston Respublikasi oʻz mustaqilligi va suverenitetini taʼminlash maqsadida faqat milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda bundan buyon ham oʻzi tanlagan mustaqil taraqqiyot yoʻlida qatʼiy davom etadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring