Bajarilmagan ishlar hisobot hujjatlariga qoʻshib yozilgan

19:57 24 Noyabr 2021 Jamiyat
778 0

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan 2021-yilning 6 oyida 461,3 mlrd. soʻmlik qiymatdagi davlat xaridlari yuzasidan 59 ta qurilish obyektlarida oʻrganish oʻtkazilgan. Bu haqda Agentlik tomonidan oʻtkazilgan brifingda aytib oʻtildi.

Oʻrganishlar mobaynida Jizzax viloyatida 19 ta obyektda 6,3 mlrd. soʻmlik qurilish ishlari toʻlov hujjatlariga asossiz qoʻshib yozilganligi, 941,1 mln. soʻmlik ishlar sifatsiz bajarilganligi, Andijon viloyatida 4 ta obyektda 57,9 mln. soʻmlik ishlar sifatsiz bajarilgani, 1,4 mlrd. soʻmlik aslida bajarilmagan ishlar hisobot hujjatlariga qoʻshib yozilganligi aniqlanib, jinoyat ishlari qoʻzgʻatilgan.

Xorazm viloyatida viloyat hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” IK buyurtmachiligidagi qiymati 20,4 mlrd. soʻmlik “Urganch shahridagi perinatal markazini rekonstruksiya qilish” obyekti oʻrganilganida tender gʻolibi boʻlgan tashkilot taʼsischisi Xorazm viloyati hokimi oʻrinbosari va tender komissiyasi raisining yaqin qarindoshi, yaʼni tugʻishgan ukasi ekanligi maʼlum boʻlgan.

Bundan tashqari, byudjet buyurtmachilari tomonidan qurilish boʻyicha “dxarid.uz” va “tender.mc.uz” portalida joylashtirilgan eʼlonlar joylarga chiqqan holda oʻrganilganida, respublikaning 10 ta viloyatida jami qiymati 81,9 mlrd. soʻmlik 137 ta qurilish obyektlarida tanlov va tenderlar yuzasidan gʻoliblar aniqlanmasdan qurilish va joriy taʼmirlash ishlari boshlab yuborilganligi yoki yakunlanganligi aniqlanib, mazkur qonunbuzishlar boʻyicha jami 28 ta materiallar prokuratura organlariga yuborilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер