“Bavariya”ning magʻlubiyatsiz seriyasi yakunlandi
Kecha, 24-yanvar kuni Germaniya Bundesligasining 19-tur oʻyinlari start oldi. Kun doirasida oʻrin olgan bahsda “Bavariya” jamoasi oʻz maydonida “Augsburg” klubini qabul qildi.
Uchrashuvda hisob 23-daqiqada Xiroki Ito tomonidan ochildi. 75-daqiqada Artur Chaves hisobni tenglashtirdi. 81-daqiqada mehmonlar yarim himoyachisi Xan-Noa Massengo jamoasiga gʻalaba keltirgan golga mualliflik qildi.
Ushbu gʻalaba evaziga “Augsburg” jamoasi musobaqa jadvalida 16-oʻrindan 13-oʻringa koʻtarilib oldi.
“Bavariya” jamoasining 11 ta oʻyindan beri davom etib kelayotgan magʻlubiyatsiz seriyasi yakunlandi. Jamoa soʻnggi bor 2025-yilning 27-noyabr sanasida “Arsenal” jamoasiga magʻlub boʻlgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring