“Barselona” yana bir kubok yutishga yaqin
Kecha, 15-yanvar kuni Ispaniya qirol kubogi musobaqasining nim chorak finali oʻyinlari davom ettirildi. Kun doirasidan oʻrin olgan bahsda “Barselona” jamoasi safarda “Real Rasing” klubi bilan kuch sinashdi.
Uchrashuv “kataloniyaliklar”ning 2:0 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi. Oʻyinda kiritilgan gollarga Lamin Yamal va Ferran Torres mualliflik qildi.
Shu tariqa “Barselona” musobaqaning chorak finaliga yoʻl oldi. Endi bu bosqichda Hans Flik boshchiligidagi jamoa “Real Sosiyedad” klubi bilan kuch sinashadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring