“Barselona” va yana ikki jamoa
“Manchester Siti” jamoasi bosh murabbiyi Pep Gvardiola hozirgi kunda Yevropaning eng kuchli 3 ta klubi qaysi ekanini aytib oʻtdi. Bu haqda AS nashri xabar berdi.
Murabbiy manbaga bergan intervyusida hozirda Yevropadagi eng kuchli 3 ta klub “Barselona”, “Bavariya” va “Arsenal” ekanini taʼkidladi.
Maʼlumot uchun, Pep Gvardiola murabbiylik faoliyati davomida 2008–2012-yillarda “Barselona” jamoasida, 2013–2016-yillarda esa “Bavariya” jamoasida bosh murabbiy boʻlib ishlagan.
“Arsenal” jamoasini esa ayni damda uning shogirdlaridan biri Mikel Arteta boshqarmoqda. Arteta 2016–2019-yillarda Pep Gvardiolaga yordamchi sifatida “Manchester Siti”da faoliyat olib borgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring